Lyublin tuman sudi sudyasi Marina Vasina milliarder Alisher Usmonov va siyosatchi Aleksey Navalniyning da’vo ishi bo‘yicha video yozuvlarni va videotranslyatsiya o‘tkazishni taqiqladi. Ikkala taraf ham sud jarayonini suratga olish va translyatsiya qilishni yoqlagan edi, deb xabar berdi Meduza.
Vasina sud jarayonini yoritish uchun zalda yetarlicha jurnalistlar bor ekanligini ma’lum qildi. “Siz buni qasddan qilyapsiz”, — deya javob qaytardi Navalniy.
Usmonov yig‘ilishga kelmadi, uning nomidan advokati Genrix Padva ishtirok etdi.
Yig‘ilish boshlanishidan oldin Usmonovning matbuot xizmati milliarder Navalniyga nisbatan yangi da’vo bilan chiqishi mumkinligini ma’lum qildi. Bunga siyosatchining Usmonov o‘z biznesini qurishda dastlabki mablag‘ni qayergan olgani haqidagi posti sabab bo‘lgan.
Izoh (0)