Tadqiqotlar doirasida qirg‘oqbo‘yi hududlari va havzalariga kiruvchi 21 mingdan ortiq ro‘yxatdan o‘tgan cho‘milish maskanlarining suvlari tekshirib ko‘rildi. Mutaxassislar oqova suvlar, ferma va qishloq xo‘jaligi tashkilotlarining chiqindilarini ifloslanish belgilarini qidirishdi, deb xabar berdi National Geographic.
Aniqlanishicha, tekshirilgan plyajlarning 96,3 foizi sifat standartining minimal qiymatiga, 85,1 foizi yuqori standartlarga javob bergan. Shunday qilib o‘tgan yilgi tadqiqotlarga nisbatan tegishli ravishda 0,2 va 1,1 foiz ijobiy natija qayd etilgan.
Yuz foizli ko‘rsatgichga Lyuksemburg plyaji erishgan. Undan keyin o‘rinlardan Kipr va Malta (99 foiz), Gretsiya (97 foiz) va Avstriya (95 foiz) joy oldi.
Izoh (0)