Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida 28-may, yakshanba kuni soat 12:00 da mahalliy davlat va xo‘jalik boshqaruvi idoralari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirokida tuman aholisi bilan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkaziladi. Bu haqda tuman hokimligining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.
“Tumanimiz aholisi va boshqa manfaatdor shaxslarni mazkur bevosita uchrashuvda ishtirok etish uchun taklif etamiz. Ta’kidlab o‘tishimiz joizki, hokimlikning asosiy maqsadlaridan biri tumanimiz aholisi oldida o‘z faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlashdir”, — deyiladi sahifada qoldirilgan xabarda.
Uchrashuv Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti binosida (Mirzo Ulug‘bek tumani, Parkent ko‘chasi, Eron elchixonasi ro‘parasida) bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)