26-maydan e’tiboran, jahon masjidlari qatorida, O‘zbekiston jome’larida ham Xatmi Qur’onlar boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasining Toshkent shahar vakilligi xabar bermoqda.
Joriy Ramazon oyida Toshkent shahridagi 113 ta masjidda tarovih namozlari o‘qilayotgan bo‘lib, shundan 106 tasida Xatmi Qur’onlar boshlandi.
Qolaversa, Toshkentning “Hazrati Imom”, “Mirza Yusuf”, “Minor”, “Shayx Zayniddin”, “Xo‘ja Alambardor”, “To‘xtaboy”, “Mo‘yi muborak" jome’ masjidlaridagi Xatmi Qur’onlar mazkur masjidlarning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifalarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatilmoqda.
Izoh (0)