British Airways aviakompaniyasi 27-may kuni Londonning Xitrou va Gatvik aeroportlaridan amalga oshirilishi kerak bo‘lgan barcha reyslarni “global kompyuter nosozligi” sabab bekor qildi.
Meduza’ning yozishicha, nosozliklar sabablari haqida hozircha axborot yo‘q. Kompaniya vakillari kiberhujum belgilari aniqlanmagani ma’lum qildi.
BBC News xabariga ko‘ra, nosozliklar sabab aviakompaniya saytining bir qator bo‘limlari ishlamay qolgan, ba’zi yo‘lovchilar esa aviakompaniyaning mobil dasturi orqali reys uchun ro‘yxatdan o‘ta olmaganidan norozilik bildirgan.
Xitrou va Gatvik terminallari yo‘lovchilar bilan to‘lib ketgan (Buyuk Britaniyada shanba kuni uch kunlik uzoq muddatli dam olish kunlari boshlangan edi); aviakompaniya yo‘lvochilardan aeroportlarga kelmaslikni iltimos qildi.
Reyslarni amalga oshirishga nisbatan cheklov mahalliy vaqt bilan 18:00 (Toshkent vaqti bilan 22:00)ga qadar amal qiladi. Boshqa aviakompaniyalarning samolyotlari nomi qayd etilgan aeroportlardan odatdagi tartibda uchib ketmoqda.
Reuters’ning qayd etishicha, aprel oyida yo‘lovchilarni samolyotga chiqarishga xalal bergan texnik nosozliklar haqida Lufthansa va Air France aviakompaniyalari ham xabar bergan edi.
Izoh (0)