Shri-Lankada kuchli yog‘ingarchilik natijasida kuzatilayotgan suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 100 kishiga yetdi, yana 100 kishi bedarak yo‘qolgan, deb gumon qilinmoqda.
Bu haqda, Shri-Lanka favqulodda vaziyatlarga tezkor munosabat bildirish markazi axborotiga asoslanib, “Kommersant” xabar bermoqda.
“14 okrugda istiqomat qilayotgan 200 mingga yaqin odam, ya’ni 52 ming oila tabiiy ofatdan jabr ko‘rdi”, — deyiladi idora axborotida.
Xabar berishlaricha, Shri-Lanka tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda yordam so‘rab Janubiy Osiyo mamlakatlari va BMTga murojaat qilgan.
Izoh (0)