Donald Trampning prezidentligi sharmandalik va impichment bilan yakunlanishi mumkin. Bu haqda AQSh prezidentligiga sobiq nomzod Hillari Klinton Massachusets shtatidagi Uellesli-kollej talabalari bilan uchrashuv davomida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Uning prezidentligi o‘ziga qarshi tekshiruv boshlagan kishini ishdan bo‘shatganidan so‘ng sharmandalik va impichment bilan yakunlanishi mumkin”, — dedi Hillari Klinton.
Trampni nomi bilan atamagan Klinton u Jeyms Komini FQB direktori lavozimidan ozod qilganini nazarda tutgandi.
Izoh (0)