Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Telegram messenjerida o‘z kanalini ishga tushirganini ma’lum qildi. Bu haqda u Instagram’dagi sahifasida yozdi.
“Men Telegram’da o‘z kanalimni ochdim, u yerda siz bilan o‘z fikrlarim, kuzatishlarim va hayotda orttirilgan tajribalarim bilan norasmiy shaklda bo‘lishishni rejalashtirmoqdaman”, — deya qayd etdi u.
Qodirov bu obunachilari tomon qo‘yilgan yana bir qadam ekanligini ta’kidladi.
Izoh (0)