Everestda to‘rt kishining jasadi topildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Alpinistlar — ikki chet ellik sayyoh, bir erkak va bir ayol hamda ikki yo‘l boshlovchining jasadlari cho‘qqiga chiqish oldidan alpinistlar uchun so‘nggi tayanch lageri yaqinidagi chodirdan topildi. Ular chodirda kislorod yetishmasligidan halok bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Qurbonlar ism-shariflari e’lon qilinganicha yo‘q, hukumat hozirda ma’lumotlarni o‘rganmoqda.
Marhumlar yangi treking kompaniyasi ekspeditsiyasi doirasida tog‘ga chiqayotgan bo‘lgan. Ular 21-may, yakshanba kuni aloqaga chiqmay qo‘ygan.
Shu tariqa, Everestda ushbu mavsumda halok bo‘lgan alpinistlar soni to‘qqiz kishiga yetdi.
Avvalroq Everestga chiqish vaqtida uch kishi halok bo‘lgani va bir kishi bedarak yo‘qolgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)