23-may kuni KXDR Janubiy Koreya tomonga noma’lum obyektni uchirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Taxminlarga ko‘ra, bu noma’lum xarakterdagi snaryad bo‘lishi mumkin. U ikkita Koreyani ajratadigan chegarani kesib o‘tdi. Voqea Janubiy Koreya sharqidagi Kanvondo provinsiyasining demarkatsion chizig‘idan o‘tdi.
Janubiy Koreya harbiylari noma’lum obyektga qarata ogohlantiruvchi o‘qlar otdi.
Harbiylar raketaga qarshi mudofaa tizimlari jangovar tayyorgarligini oshirib, ayni paytda topilgan obyektni o‘rganmoqda.
Izoh (0)