Meksika janubidagi Chyapas shtatida avtobusning chuqurligi 100 metrga yaqin daraga qulashi oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘ldi, 25 kishi jarohatlandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Hodisa Motosintla va Uistla munitsipalitetlari o‘rtasidagi yo‘lda sodir bo‘ldi. Politsiya avtobus yo‘lovchilari diniy sekta a’zolari ekanligini bildirmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avariya haydovchi tezlikni oshirgani tufayli ro‘y berdi. Hodisa joyida qutqaruv xizmati xodimlari ishlamoqda. Barcha jabrlanganlar Motosintla kasalxonasiga yetkazildi.
Izoh (0)