Noma’lum qurolli shaxslar Kobulda Germaniya fuqarosi bo‘lgan ayolni o‘ldirdi. Bu haqda Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Yana bir ayol — Finlyandiya fuqarosi o‘g‘irlab ketildi. U Shvetsiyaning Operation Mercy xayriya tashkiloti xodimi ekanligi bildirilmoqda.
Shuningdek, ikki xorijlik ayol bo‘lgan binoni qo‘riqlayotgan erkak jarohat oldi.
Finlyandiya rasmiylari yuz bergan hodisa tafsilotlarini o‘rganmoqda. Ular ayol zudlik bilan ozod etilishini talab qildi.
Izoh (0)