Muxolifatchi Aleksey Navalniy internetga tadbirkor Alisher Usmonovga qaratilgan videomurojaatni joyladi. U biznesmenni debatda ishtirok etishga chaqirdi, deb yozadi “Vedomosti”. Navalniyning so‘zlariga ko‘ra, “RBK” va “Dojd” bunday munozaralarni tashkil qilishga tayyor.
“Men shu jumladan Alisher Burxonovich Usmonovga (“siz”lab) murojaat qilmoqdaman. Aytmoqchimanki, ha, men bunday bahs-munozaralarda ishtirok etishga tayyorman”, — dedi Navalniy videoda.
Eslatib o‘tamiz, Usmonov 18-may, payshanba kuni ertalab “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘iga Navalniyga atalgan videomurojaatni joylagan edi. Videoda Usmonov Navalniyni tuhmatchilikda aybladi. Biznesmen avvalroq Navalniyni sudga bergandi.
Izoh (0)