AQSh qurolli kuchlari istalgan payt Shimoliy Koreya harbiy obyektlariga qaqshatqich zarba berishga imkon yaratadigan kengayishni deyarli yakunladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Yaponiyaning Nikkei nashriga ko‘ra, Koreya yarimorolida bo‘lib turgan Carl Vinson atom aviatashuvchisi boshchiligidagi AQSh harbiy-dengiz kuchlari jangovar guruhi KXDRga zarbani imitatsiya qildi.
Shimoliy Koreya harbiy rahbariyati odatda “sukut saqlaydigan” shoshilinch aloqa tizimlarini ishga tushirishga majbur bo‘ldi. Ushbu signallarni tutib olish orqali ko‘plab nishonlar, jumladan, yerosti bunkerlari aniqlandi, ularning qanday jihozlangani payqaldi.
Izoh (0)