• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12895.55
    • RUB159.38
    • EUR14338.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Video: Alisher Usmonovning rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyga videomurojaati — o‘zbekcha subtitrlarda

    Milliarder Alisher Usmonov 18-may kuni rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyga qaratilgan 12 daqiqali videmurojaatini e’lon qildi. Murojaat Usmonovning Navalniyga qarshi sud da’vosiga bag‘ishlangan. Avvalroq Navalniy kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan milliarderni Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev bilan korrupsiyaviy aloqalar, daromad olishning noqonuniy usullari va xodimlariga yetarlicha haq to‘lamaslikda ayblagan edi.

    Milliarder Alisher Usmonovning rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyga videomurojaatining matni bilan quyida tanishish mumkin.

    Xayrli kun, Aleksey Navalniy. Mening ismim Alisher Usmonov. Yuristlarimiz sudda vaziyatga aniqlik kiritishini, sen esa bundan yana yolg‘on piar sifatida foydalanib, yana hammaning boshini og‘ritishda davom etishingni hisobga olib, hali ham seni rost gapirayotganinga ishonayotgan odamlarga videomurojaat qilishga qaror etdim. Ularning fikri men uchun muhim, boz ustiga, men sendan ko‘ra ko‘proq internetga aloqadorman. Men undan shunchaki foydalanmayman, men uni rivojlantiraman.

    O‘ylashimcha, sening aslida kimligingni aytadigan vaqt keldi — ustiga ustak, o‘zing bu haqda ko‘pdan beri mendan so‘rab kelarding. Alisher Usmonov seni yaramas deb atashini so‘rab kelasan. Hozir yaxshilab o‘tirib olgin-da va men nima uchun sen yaramas ekanligingni odamlarga xotirjam, shoshilmasdan tushuntirishga harakat qilaman.

    Mening nazarimda, yaramas odam bu — birovni bilmay turib, u haqda yolg‘on gapiruvchidir. Sen bu hunarni shunchaki mohirona — har qanday insoniy normalarni buzib yuboradigan darajada egallagansan.

    Sen meni jinoyatchi va qamoqda o‘tirganini yashirishga urinadi, deb aytgan vaqting aldayapsan. Yashiradigan narsam yo‘q. Sendan farqli o‘laroq, olti yil qamoqda o‘tirganman — men o‘g‘irlamagan sotsialistik mulkni o‘g‘irlash, men hech kimga bermagan pora bo‘yicha yaqqol o‘ylab topilgan jinoyat ishi bo‘yicha. Sen meni zo‘rlash uchun o‘tirib chiqqan, deding. Ya’ni, moddalar va so‘zlar bilan manipulyatsiya qilish orqali shu zahotiyoq inson va yaramas o‘rtasidagi chegarani yo‘qqa chiqarmoqchi bo‘lding.

    Hammayoqdan turib olib, seni qattiq ta’qib etishayotgani haqida jar solasan. Qattol hukumat, ey, qanday qattol hukumat — rosa bir sutka qamoqda o‘tirding. Eshitishimcha, bir kecha. Ya’ni, mana shunday qattol hukumat davrida sen qamoqda bir kechani o‘tkazding, men esa yumshoq hukumatning qo‘l ostida umuman yo‘q ish bo‘yicha olti yil o‘tirib chiqqanman.

    Ha-ya, aytishlaricha, sen qandaydir yuridik kurslarni tamomlagan ekansan, boz ustiga, Yeldek oliy muassasada — ko‘rinishidan, sen u yerda hech ham yurisprudensiya bilan shug‘ullanmagansan. Sen bugun ro‘yobga chiqarishga urinayotganing siyosiy karerangga tayyorgarlik ko‘rgansan. Agar haqiqiy yurist bo‘lganingda edi, o‘z arizasiga ko‘ra emas, balki jinoyat tarkibining yo‘qligi belgisi va prinsipi asosida mamlakat Oliy sudi tomonidan to‘la oqlangan shaxs jinoyatchi hisoblanmasligini bilgan bo‘larding.

    Biz ikkimiz oramizda jinoyatchi — bu sen. Chunki sen bugun sud organlarining hukmi ostidasan va shartli muddatni o‘tayapsan, sudlangansan. Bundan tashqari, ma’muriy qoidalarni ham buzyapsan.

    Davom etamiz. Mening boyligim manbasi — xususiylashtirish bo‘yicha yirik kelishuvlar ekanini aytgan vaqting ham aldayapsan. Yolg‘on. Aytishingcha, men sovet tog‘-kon kombinatlarini olib qo‘yganman, o‘g‘irlab olganman. Ma’lumoting uchun, garov auksionlari, adashmasam, 95-yilda tamom bo‘lgan. Men hech qachon ularda qatnashmagan, keyingi xususiylashtirish kelishuvlarida ham. Umuman olganda, sen rossiyalik biznesmenni obro‘sizlantirish uchun noto‘g‘ri obyektni tanlab qo‘yding.

    Bizning birinchi kelishuvimiz 2004-yili rekord darajada bo‘lgan va Mixaylovskiy kombinati uchun 1,5 milliard dollar to‘laganmiz, shundan yarim milliardini o‘zimiz, aksiyadorlar to‘plaganmiz, bu o‘z mablag‘imiz, qolgan milliardni esa bizga bank bergan. Va biz bu kreditni o‘z vaqtida so‘ndirganmiz. Shundan so‘ng Lebedinskiy va Oskolskiy kombinatlarini 2006-yili 2,5 milliard Shveysariya frankiga sotib olganmiz. Aytmoqchimanki, bizni bu aktivlarning barini kimdandir sovg‘a tariqasida olgan, deb aytayotgan vaqting aldayapsan.

    Men investitsiya kiritgan boshqa aktivlar haqida gapirmasa ham bo‘ladi — “Megafon”, “Mail.ru”, “Odnoklassniki”, “VKontakte” bilan kelishuvlar — bular sovet korxonalari emasligi va o‘g‘irlikka kirmasligi aniq. Bularning bari investitsiyalar. Aleksey, men bu kelishuvlarga 2008, 2010-yillarda erishganman va ularning qiymatlari hujjatlarda aks etgan — sen, har doimgidek, aldayapsan. Biz har doim biznesning avvalgi egalariga — jismoniy va yuridik shaxslarga haq to‘laganmiz.

    Endi sen yana aldayotgan ish o‘rinlari masalasiga to‘xtalsak. Men birorta ham ish o‘rni yaratmaganligimni aytayotgan vaqting yana aldayapsan. Sen shunchaki nodonsan. Chunki mening rahbarligimdagi o‘n yil davomida bu korxonalarda 40 ming ish o‘rni yaratildi, ularga — korxonalarning texnologiyalariga, infratuzilmasiga — 800 milliard rubldan ziyod sarmoya kiritildi. O‘rtacha kursga bo‘lsang, bu qancha pul bo‘lishini bilib olasan. Aytishga ham noqulay bir raqam. Bu modernizatsiya nimaning hisobiga bo‘ldi, balki sovet hokimiyatining hisobidandir? Balki Davlat reja qo‘mitasi hisobidan? Yoki Leonid Ilich menga partiya oltinlarini meros qilib qoldirganmikin? Balki bularning barini men hamkorlarim bilan birga qilgandirman?

    Xuddi shunday, sen har doim yolg‘on gapiryapsan. Men bularning barini tekinga olganim haqida ham — bunday gapirish uchun senda qanday asoslar borligiga tushunmayman. Biz davlat auksionida faqat bir marta, 2008-yili Udokan konida qazib olish huquqi uchun qatnashganmiz va o‘shanda ham rekord darajadagi summa — yarim milliard dollar to‘laganmiz. Bu neft-gaz sohasidan tashqarida davlat bilan erishilgan eng yirik kelishuv bo‘lgan. Shundan so‘ng texnik hujjatlarni ishlab chiqish uchun yana shuncha sarfladik, bugun esa mazkur kondan sanoat darajasida foydalanish bosqichiga kirishyapmiz.

    Eng muhimi, sen meni Rossiyada soliq to‘lamasligimni aytib, aldayapsan. O‘zing qayerda soliq to‘laysan? O‘zi umuman soliq to‘laysanmi? Mana men faqat Rossiyada soliq to‘layman. Sen aldayotgan, boshini og‘ritayotgan odamlar bilishini istardim: bu yilning o‘zida 2,7 milliard rubl soliq to‘laganimni ko‘rsatib o‘tdim. O‘n yil ichida esa qariyb yarim milliard dollar to‘ladim.

    Aytmoqchi, seni juda tashvishga solayotgan qolgan mablag‘lar haqida aytib o‘tishni istardim. Chunki men luzer va o‘z biznesini mahalliy kelishuvlardagi “otkatlar”dan boshlagan o‘xshamagan biznesmenning dahshatli hasadini his qilyapman. Aftidan, bu narsa seni juda qattiq qiynayapti.

    Men xorijda, boshqa mamlakatlarning birjalarida — Londonda, Nyu-Yorkda ko‘plab kelishuvlar qilganman. Va bundan, aytib bo‘lganimdek, ajoyib raqamli soliqlar to‘laganman. U yerda ishlab topgan foydam esa 4,5 mlrddan oshgan. Shunday qilib, soliqlardan tashqari, shu pullardan yana bir milliardini xayriyaga va shunchaki odamlarga yordam ko‘rsatish uchun ajratganman. Bu ham porami?

    O‘zim egalik qilayotgan qolgan narsalarni esa — agar bu senga shunchalik qiziq bo‘lsa, hasad qilmasliging uchun tushuntirib qo‘ymoqchiman — sotib olganman. Jumladan, ajoyib qayiq va samolyotni ham. Chunki men, Lyosha, sendan farqli o‘laroq, baxt ichida yashayman.

    Sen keyingi gapingda yana aldayapsan — pora berishim haqida aytgan vaqting. Sen tushun: poralar ro‘yxatga olish palatasida ro‘yxatga olinmaydi. Pullar o‘z hisob-raqamidan ochiqchasiga o‘tkazilmaydi. Sen baribir ko‘chmas mulk, yerga egalik qilish huquqi va shu kabi kitobchalarni o‘qib olishing kerak. Chunki ba’zan ularda odamlarga nafaqat kelishuvga borgani, balki kelishuvni rad qilgani uchun ham haq to‘lanishi haqida yoziladi.

    Va yer, uy bilan bog‘liq tarixning bari ko‘p yillik ulkan, ko‘p bosqichli saga. Unda manfaatdor uch tomon bor edi va men kelishuv bo‘lgani uchun emas, balki ular o‘rtasida kelishuv bo‘lmagani uchun to‘lashimga to‘g‘ri kelgan — har biriga alohida. Biriga — u o‘z yeridan olmoqchi bo‘lgan foydadan voz kechishi uchun — aktivlarni, boshqasiga esa — yerni bo‘shatib berishi uchun — qarz va pul berganman. Yakunda har kim o‘zi xohlagan narsani olgan.

    Eng asosiysi, men o‘zim xohlagan narsani olganman. Va bundan mamnunman. Qanday pora haqida gap bo‘lishi mumkin bu yerda? Aytmoqchi, bu ish bo‘yicha barcha hujjatlar ochiq foydalanishda turibdi. Kelishuvning tijoriy jihatlari haqida sening oldingda hisobot berishni lozim deb bilmayman.

    Umuman, sen qandaydir chuqurroq surishtiruv olib borsang bo‘lardi. Masalan, Lyosha, sen bizda shaxtyorlar borligini aytyapsan. Yana noto‘g‘ri — bizda shaxtyorlar yo‘q. Hech bo‘lmasa shuni bilsang bo‘lardi! Biz rudani ochiq usulda qazib olamiz. Bizda konchilar ishlaydi. Va bu konchilarning maoshi mintaqa bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori. Qariyb yarim barovar yuqori. Rossiyaning boshqa hududlariga nisbatan sezilarli yuqori. Vaholanki, iqtisodiyoti bir-biridan 10 barobar farq qiladigan Rossiya va AQShdagi maoshlarni qanday qilib taqqoslash mumkinligi tushunib bo‘lmaydi. Sen, nima, yalpi ichki mahsulot (YaIM), YaIMning jon boshiga ulushi, xarid quvvati va boshqa shu kabi narsalarni umuman tushunmaysanmi?

    Agar sen mana shunday past saviyali biliming bilan siyosatga kirishmoqchi bo‘lsang, o‘ylashimcha, bu juda xavfli. Sen albatta qayerdadir qoqilasan.

    Shuning uchun, Lyosha, sen marhamat qilib uzr so‘ra; kontekstdan faktlarni uzuq-yuluq olib, o‘zingga foydali manzara qurishni bas qil. Sen, haqiqatan ham kechirim so‘rasang va tinchgina yashasang bo‘lardi, chunki hayotda hech qachon senga o‘xshagan odam meni jinoyatchi, o‘g‘ri, hayotda hamma narsani bepul qo‘lga kiritgan odam ekanimni isbotlay olmaydi. Chunki, qadrdonim, sendan farqli o‘laroq, men hammasi uchun o‘z mehnatim, imkoniyatlarim va, xususan, halolligim bilan haq to‘lab bo‘lganman.

    Va sen hayotda hech qachon menga tuhmat qila olmaysan. Baribir mening oldimda javob berishingga to‘g‘ri keladi, Lyosha. Bu videoni tomosha qilayotgan odamlar Alisher Usmonov — halol tadbirkor, avvalo, halol inson ekanini bilishi men uchun muhim. Aleksey Navalniy, sen kabilarning maqsadi — rossiyalik biznesmenni o‘g‘irlashdan boshqasini bilmaydigan, biror narsa yaratish qo‘lidan kelmaydigan shaxs sifatida ko‘rsatishdir. Bu ham yolg‘on. Va sening menga tuhmat qilishga urinishlaring ham — Itning Filga akillashi, xolos. Tupurdim senga, Aleksey Navalniy!

    Alisher Usmonov, milliarder

    18.05.2017, 22:16   Izoh (0)   152810
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sud Viktor Yanukovichga Skype orqali ko‘rsatma berishni taqiqladi

    18.05.2017, 19:37

    OAV: AQSh harbiy-dengiz kuchlari jangovar guruhi KXDRga zarbani imitatsiya qildi

    18.05.2017, 19:22

    Shimoliy Koreya matbuoti mo‘l-ko‘l hosilni yadro bombasiga taqqosladi

    18.05.2017, 18:27

    Misrda tug‘ilish sur’atlari ustidan nazorat o‘rnatiladi

    18.05.2017, 17:57

    Texasda qafasidan qochib chiqqan qoplon maymunni o‘ldirdi

    18.05.2017, 16:56

    Alisher Usmonovning Navalniyga nisbatan da’vosi 30-may kuni ko‘rib chiqiladi

    18.05.2017, 16:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Mobiuz "MazzaFest"da yangi "Mazza" va "Mazza 2.0" tarif rejalarini taqdim etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda bir kunda 3 mlrd so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilindi

    O‘zbekiston | 13 may, 21:15

    Mobiuz "MazzaFest"da yangi "Mazza" va "Mazza 2.0" tarif rejalarini taqdim etadi

    Reklama | 13 may, 21:00

    Zominda jarlikka tushib ketgan shaxs qutqarildi

    O‘zbekiston | 13 may, 21:05

    O‘zbekiston Kubogi. Toshkentdagi gollar shousida “Paxtakor” “Nasaf”ni mag‘lub etdi

    Sport | 13 may, 20:56

    Toshkentdagi ko‘chalardan biri avtomashinalar harakati uchun 2 kunga yopiladi

    O‘zbekiston | 13 may, 20:50

    O‘zbekistonda anomal issiq bo‘ladi. Qanday xavflar bor?

    O‘zbekiston | 13 may, 20:40

    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan

    Reklama | 13 may, 19:30

    Jeki Chan xavfli tryuklarni mustaqil bajarishni qachon to‘xtatishini aytdi

    Kino | 13 may, 20:25

    Farg‘onada erkak xotini aliment to‘lamagani uchun ustidan arz qildi

    O‘zbekiston | 13 may, 20:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.