12-may kuni taxminan soat 21:30 da Toshkent avtomobil halqa yo‘lida, “Fayz” qahvaxonasi to‘g‘risida o‘limga olib kelgan YTH ro‘y berdi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Matiz mashinasida ketayotgan 1968-yili tug‘ilgan haydovchi 59 yoshli piyodani urib ketdi.
Erkak Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markaziga (sobiq shahar 16-shifoxonasiga) yetkazildi. U yerda jabrlanuvchi olingan jarohatlar oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.
Izoh (0)