O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalq vakillari Umumxitoy Majlisi Doimiy qo‘mitasi raisi Chjan Detszyan bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Sizning tashrifingiz Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalarni yuqori bosqichga ko‘tarishiga ishonamiz.Uchrashuvda ikki mamlakatning o‘zaro va ko‘p tomonlama munosabatlariga oid masalalar, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish xususida atroflicha fikr almashildi.Chjan Detszyan, Xalq vakillari Umumxitoy Majlisi Doimiy qo‘mitasi raisi
Xitoy O‘zbekistonning eng muhim va ishonchli hamkorlaridan biridir. Xitoylik ishbilarmon doiralar vakillari O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va mamlakatimiz eksport salohiyatini yuksaltirishda faol ishtirok etmoqda. Xitoy rahbari Si Szinpin bilan uchrashuvimizda bu aloqalarni yanada rivojlantirish bo‘yicha kelishib oldik. Imzolangan hujjatlar mamlakatlarimizning uzoq muddatli strategik sherikligini, o‘zaro hurmat va manfaatdorlikka asoslangan siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalardagi hamkorligini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti
Izoh (0)