Xitoyda davlat tashrifi bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Eksport-import banki boshqaruvi raisi Xu Syaolyan bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Mazkur bank kreditlari evaziga O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash, ta’lim, energetika, transport va boshqa sohalarda qator loyihalar amalga oshirilgan.
Shavkat Mirziyoyev o‘zaro ishonchga asoslangan ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lgan hamkorlik aloqalarini izchil rivojlantirish zarurligini ta’kidladi.
Xu Syaolyan O‘zbekiston bilan investitsiyaviy aloqalarni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanini qayd etdi.
Izoh (0)