Ispaniya 2017-yilda turizm sohasi eng yaxshi rivojlangan mamlakat deb topildi. Bu haqda Travel and Tourism Competitiveness Report tadqiqot natijalari guvohlik beradi. Tadqiqot natijalari Jahon iqtisodiy forumi saytida chop etildi.
Reytingni tuzishda davlatning ochiqligi, infratuzilma va aviaqatnovlarning taraqqiyot darajasi, tabiat va madaniyatga oid diqqatga sazovor joylar, xavfsizlik va boshqa jihatlari e’tiborga olindi.
Reyting ikkinchi o‘rnidan Fransiya, uchinchi o‘rnidan esa Germaniya joy oldi. Ro‘yxat o‘nligidan, shuningdek, Yaponiya, Buyuk Britaniya, AQSh, Avstraliya, Italiya, Kanada va Shveysariya joy oldi. Rossiya reyting 43-o‘rnini egalladi.
Avvalroq Travel and Tourism Competitiveness Report talqini bo‘yicha Braziliya eng boy tabiatga ega bo‘lgan mamlakat deb topilganligi haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)