Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev Rossiya qirg‘izlar uchun tarixiy vatan ekanligini aytdi. Bu haqda respublika rahbari hamyurtlarini G‘alaba kuni bilan tabriklayotib aytib o‘tdi, deb yozadi KNews.
“Biz, qirg‘izlar uchun Rossiya — bizning tarixiy dastlabki vatanimiz. Har bir qirg‘iz uchun Manas, Oltoy, Enasoy muqaddas so‘zlar hisoblanadi. Xalqimiz o‘z o‘tmishini esda tutadi va qardosh Rossiya bilan uning qiyin kunlarida ham yelkadosh bo‘ladi”, — dedi Atambayev.
Izoh (0)