AQSh prezidenti Donald Tramp Demokratik partiya vakillarini FQB sobiq direktori Jeyms Komiga nisbatan o‘zgaruvchan munosabatlari uchun tanqid qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Demokratlar oylar mobaynida direktor Komidan shikoyat qilib keldi. Bo‘shatilganidan keyin esa o‘zlarini bundan diqqat bo‘lgandek tutishmoqda. Munofiq ikkiyuzlamachilar!” — deya yozuv qoldirdi Tramp Twitter’dagi sahifasida.
AQSh senatining razvedka bo‘yicha qo‘mitasi FQB sobiq direktorini kelgusi haftada yopiq eshituvlarda ishtirok etishga taklif qildi. Komi bu taklifni qabul qilgan yoki yo‘qligi hozircha ma’lum emas.
Izoh (0)