Fransiya prezidenti Fransua Olland 10-may, chorshanba kuni bosh vaziri Bernar Kaznev va mamlakat hukumati iste’fosini qabul qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Shu kuni mamlakat Konstitutsiyaviy kengashi Fransiyada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida Emmanuel Makron 66,1 foiz ovoz to‘plab, g‘olib chiqqanini rasman tasdiqladi.
“Konstitutsiyaviy kengash prezidentlik saylovlari rasmiy natijalarini e’lon qilgani va respublika an’analariga muvofiq, o‘zim va hukumat iste’foga chiqqanligini ma’lum qilaman”, — deya murojaat qildi Bernar Kaznev Fransua Ollandga.
Ollandning prezidentlik vakolatlarini Emmanuel Makronga topshirishi 14-may, yakshanba kuniga mo‘ljallangan.
Izoh (0)