Amerikaning Florida shtati Orlando shahridagi qo‘riqxonalardan birida timsoh ota-onasi bilan ekskursiyaga kelgan Julian Ossga hujum qildi. Qizaloq maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgani va bu kabi xavfli vaziyatlarda qanday yo‘l tutish kerak ekanligini bilgani sabab omon qoldi. Bu haqda NY Daily News’ga tayanib, “Vesti.ru” xabar berdi.
Qizaloqning so‘zlariga ko‘ra, u oyog‘ini suvda yuvmoqchi bo‘lgan va asosiy yo‘lakdan chetga chiqqan, shunda unga uch metrli timsoh hujum qilgan. Oss oyog‘iga tashlangan timsohdan qutulishga harakat qilgan, biroq qo‘lidan hech nima kelmagan.
Men uning boshiga ura boshladim, biroq bu yordam bermadi. Baxtimga ekskursiyadan oldin bunday vaziyatlarda nima qilish kerakligi haqida aytishgan edi. Men barmoqlarim bilan timsohning burnini berkitdim, shundan so‘ng u og‘zi bilan nafas ola boshladi. Natijada oyog‘imni chiqarib olishga erishdim.Qizaloq tezda shifoxonaga yetkazilgan. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, timsoh qizni kamida yetti marta tishlashga ulgurgan. Tibbiyot xodimlarining aytishicha, qizaloqning sog‘ligiga hech narsa xavf solmayapti.Julian Oss
Izoh (0)