Tailand janubidagi Pattani provinsiyasida savdo markazida ikki portlash ro‘y berdi. Buning oqibatida 56 kishi jarohat oldi, deb xabar beradi “TASS”.
Kyodo agentligining bildirishicha, mahalliy vaqt bilan soat 14:40 da ikki qavatli bino kirishida bomba portlagan. Shundan so‘ng savdo markazi turargohidagi avtomobilga o‘rnatilgan mina portlab ketgan.
Jarohat olganlar shifoxonaga olib ketildi.
Izoh (0)