IShID jangarilari go‘yo Suriyada qo‘lga olingan rossiyalik razvedkachi qatli aks etgan videoni e’lon qildi. Bu haqda internetda ekstremistlar faoliyatini kuzatib boradigan SITE monitoring guruhi ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
Rus tilidagi videoda sahro fonida qora libosdagi erkak Rossiyaning boshqa josuslarini taslim bo‘lishga chaqirayotganini ko‘rish mumkin. Shundan so‘ng polkovnik Yevgeniy Petrenko deb nomlangan tutqun boshi tanasidan judo etilgan.
Qatl etilgan kishining shaxsi va G‘alaba kuni arafasida e’lon qilingan videoning haqiqiyligi hozircha aniqlanmadi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)