Dubay valiahd shahzodasi Hamdan ibn Muhammad al-Maktum Instagram’dagi sahifasida suvosti ovi aks etgan foto va videolavhalarni joylashtirdi. Bu haqda UAE Inside xabar bermoqda.
Sportga bo‘lgan qiziqishi bilan tanilgan shahzoda cho‘milish bilan cheklanmay, suvosti ovi bilan ham shug‘ullandi.
Suratlarda uning suvga sho‘ng‘iyotgani, nayza bilan ovga chog‘lanayotganini ko‘rish mumkin. U katta hajmdagi baliqni tutishga ham muvaffaq bo‘ldi.
34 yoshli shahzoda Hamdan sportdan tashqari adabiyot muxlisi ham hisoblanadi va Fazza taxallusi ostida she’rlar yozadi. 2011-yilda uning mol-mulki Forbes tomonidan 18 milliard dollarga baholangandi.
Izoh (0)