Shomahmudovlar oilasiga qo‘yilgan haykalni Toshkent markaziga ko‘chirish ishlari yakunlandi, deb yozadi “Nuz.uz”. Yodgorlik Xalqlar do‘stligi bog‘i (sobiq Bobur nomli bog‘)ga o‘rnatildi. Uning tantanali ochilish marosimi bugun, 9-may kuni bo‘lib o‘tadi.
Nashr ta’kidlashicha, ayni paytda yodgorlik ochilish uchun to‘liq tayyor holatda turibdi. O‘n beshta bola haykali ham joy-joyida. Nashr eslatishicha, o‘tgan yil oktabrida Madaniyat vazirligi vakillari haykallardan biri yo‘qolganini ma’lum qilgan edi, ammo endi bola haykali qayta tiklangan va uni ham kompozitsiyada ko‘rish mumkin. Shuningdek, butun ansambl ham restavratsiya qilingan — eski bo‘yog‘i o‘chirilgan va qaytadan bronza rangiga bo‘yalgan.
Rasmiy ochilishni kutmasdan, toshkentliklar 8-may kunidanoq yodgorlikka guldastalar qo‘yishni boshlagan, deb yozadi nashr.
Izoh (0)