O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Emmanuel Makronni bo‘lib o‘tgan saylovlardagi ishonchli g‘alabasi va Fransiya Respublikasi Prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi, deb xabar berdi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
O‘zbekiston rahbari maktubda Emmanuel Makronning “ushbu yuqori va mas’uliyatli lavozmidagi faoliyati o‘zaro hurmat, teng huquqlilik va ishonch tamoyillariga asoslangan an’anaviy va sermahsul O‘zbekiston—Fransiya hamkorligini yanada rivojlantirishga yo‘naltiriladi”, – deb ishonch bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev yangi saylangan Prezidentga mustahkam sog‘lik va ulkan zafarlar, do‘st Fransiya xalqiga esa xotirjamlik va farovonlik tiladi.
Izoh (0)