Tuman kengashi deputati K.I Beruniy tumani davlat arxivi direktori lavozimida ishlab kelayotgan paytida pora olayotganida qo‘lga tushdi. Bu haqda “KRuz.uz” xabar bermoqda.
U o‘tgan yilning mart oyida tumandagi “Kanhgshartol” OFYda yashovchi fuqaro G.Yuning umr yo‘ldoshi V.G “Beruniy” davlat xo‘jaligida ishlagan davridagi maoshini to‘liq yozib berish evaziga oldindan pul berishni talab qilgan.
Deputat G.Yudan 300 AQSH dollarini pora sifatida olgan paytda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Izoh (0)