O‘zbekiston Prezidenti 5-maydagi farmoni bilan Bahrom Qo‘chqorovni Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi etib tayinladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Bahrom Qo‘chqorov bungacha O‘zbekiston Prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha davlat maslahatchisi birinchi o‘rinbosari — Prezidentning Yuridik xizmati rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi 2017-yil aprel oyi oxirida Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi negizida tashkil etilgan edi.
Izoh (0)