Toshkent shahrida mahalliy vaqti bilan 16:10 da kuchsiz yerosti silkinishlari sezildi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Zilzila epitsentri Tojikiston hududida bo‘lgan. Epitsentrdagi magnituda taxminan 4,8 ni tashkil etgan.
“Toshkent” seysmostansiyasidan ma’lum qilishlaricha, Toshkentdagi silkinishlarning kuchi 2 balldan oshmagan.
Qayd etish joiz, bu so‘nggi 36 soat davomida Toshkent shahrida sezilgan uchinchi zilziladir.
Izoh (0)