O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-may, juma kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumaniga tashrif buyuradi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Tashrif davomida davlat rahbari olib borilayotgan islohotlar bilan tanishadi, shuningdek, tumandagi ishlab chiqarish korxonalarida bo‘ladi.
Bundan tashqari “Vatandosh” mahallasiga ham tashrif buyuriladi.
Eslatib o‘tamiz, hozirda Yashnobod tumaniga O‘zbekiston iqtisodiyot vazirining sobiq o‘rinbosari Dilmurod Turdiyev rahbarlik qilmoqda.
Izoh (0)