Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchixonasida O‘sh viloyatining O‘zgan tumanida yuz bergan ko‘chki oqibatida ko‘plab odamlar qurbon bo‘lgani sababli Hamdarlik kitobi ochildi. Bu haqda elchixona saytida ma’lum qilindi.
Elchixonaning Toshkent shahri, Niyozbek yo‘li ko‘chasi, 6-o‘tish yo‘li, 30-uyda joylashgan manzilida 30-aprel, yakshanba, soat 10:00 dan 17:00 gacha Hamdardlik kitobida yozuv qoldirish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zgan tumanidagi fojia munosabati bilan Almazbek Atambayevga hamdardlik bildirgandi.
30-aprel Qirg‘izistonda motam kuni deb e’lon qilingan.
Izoh (0)