Ostonada tig‘iz payt yo‘llardagi tirbandlikning oldini olish uchun ish vaqti boshlanishi jadvalini o‘zgartirish rejasi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda Qozog‘iston poytaxti hokimi o‘rinbosari Sergey Xoroshun ma’lum qildi, deb xabar beradi Tengrinews.
“Aholining barcha toifasi uchun ish vaqti jadvalini o‘zgartirish rejasi ishlab chiqilmoqda. Yaqin ikki hafta ichida tegishli qaror qabul qilinadi. Bir paytning o‘zida, soat 8—9 larda hamma ishga otlanmasligi uchun ishning boshlanish vaqtini o‘zgartiramiz”, —ta’kidladi Xoroshun.
Ma’lumot uchun, Ostonada yo‘llardagi tirbandlik muammosini hal etish uchun 2015-yil sentabrida ish va maktab mashg‘ulotlari boshlanish vaqtini o‘zgartirish taklifi kiritilgandi.
Izoh (0)