• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12725.16
    • RUB158.65
    • EUR14507.95
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Alisher Usmonovdan Shodiyevgacha. “Paxtakor”ning 17 kunlik arosati haqida

    “Paxtakor”ning keyingi taqdiri qanday bo‘ladi? Ikki haftadan ziyodroq vaqt davomida futbol muxlislari javob topishni istagan savol shu edi.

    Foto: “Paxtakor”

    Foto: “Paxtakor”

    Samvel Babayan 2002-yildan boshlab “Paxtakor”da turli lavozimlarda faoliyat olib borgan. 2014-yili jamoa ustoziga aylanib (aniqrog‘i, o‘zbek futboli tarixidagi yangi lavozim — bosh menejer bo‘lib), uni mamlakat chempioniga aylantirgan va mavsum yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda yil murabbiyi deb tan olingan.

    2015-yilning iyunida esa Mirjalol Qosimov o‘rniga O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan. Aynan shu vaqtdan boshlab Babayan rasman “Paxtakor”ga aloqador emas edi, biroq futbol jamoatchiligining qayd etishicha, amalda klub baribir sobiq bosh menejerining ta’siri ostida qolgan.

    Ravshan Haydarov

    31-mart kuni “Paxtakor” Muborakda “Mash’al” klubiga yirik — 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi (mavsum boshidan beri o‘tkazilgan to‘rtinchi o‘yindagi ikkinchi mag‘lubiyat). Bu esa klubda qandaydir o‘zgarishlarni amalga oshirishga majbur etdi va 6-aprel kuni jamoa bosh murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy o‘z o‘rnini Babayanning milliy termadagi yordamchisi — Ravshan Haydarovga bo‘shatib berdi.

    Fakt. Ravshan Haydarov hayoti davomida “Paxtakor”ga uch marta bosh murabbiy etib tayinlangan.

    Bundan biroz oldinroq, 28-mart kuni Samvel Babayan Kolosovskiyni tanqid qilib chiqqandi. Qatarga qarshi bellashuvdan keyin Babayan “Paxtakor” murabbiylarini tilga olib, klubning uch nafar futbolchisi (Lobanov, Sergeyev, Andreyev) termaga jarohat bilan kelgani haqida gapirgan edi. Keyin esa Oliy liga klublari murabbiylari bilan ishlash kerakligini uqtirdi.

    Alisher Usmonov

    9-aprel kuni “Paxtakor”ni milliarder Alisher Usmonov qabul qilib olishi mumkinligi borasida dastlabki gap-so‘zlar paydo bo‘ldi. Ertasiga — 10-aprel kuni “Championat.asia” nashri bu mish-mishlarni tasdiqlagandek bo‘lib, bunga Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Umid Ahmadjonovning klubga bosh direktor bo‘lganini qo‘shimcha qildi.

    Mazkur xabar chiqqanidan bir soat o‘tib, Umid Ahmadjonovning o‘zi “Paxtakor”da ish boshlamaganini ma’lum qildi. Yana yarim soatdan keyin “Paxtakor” matbuot xizmati klub haqida tarqalgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini e’lon qilib, gap aynan qaysi xabarlar haqida borayotganiga aniqlik kiritmadi.

    De fakto Umid Ahmadjonov “Paxtakor”da 11-apreldanoq ish boshlaganiga qaramay, “Paxtakor” matbuot xizmati bu haqda ikki haftadan keyin ma’lumot berdi. Bu orada klub u haqda noto‘g‘ri axborot beradigan nashrni sudga berishi mumkinligiga ham shama qildi.

    Arosat

    11-aprel kuni “Paxtakor” O‘zbekiston kubogi doirasida Buxoroda “Nurafshon” bilan 120 daqiqa davomida 0:0 o‘ynadi. Penaltilar seriyasidagina Toshkent grandi tarozini o‘z tomoniga og‘dirib oldi. Vaholanki, “Paxtakor” terma jamoaga uchdan ortiq futbolchi bergani uchun o‘yinni boshqa sanaga ko‘chirishgandi erishgandi. Shunga qaramay, Birinchi liga klubi darvozasiga o‘yindan gol ura olmadi.

    14-aprel kuni “Paxtakor” stadioni qayta rekonstruksiya qilinishi mumkinligi borasida xabar chiqdi. Bunda stadion Toshkent shahar hokimiyati tomonidan rekonstruksiya qilinishi aytilgandi. Biroq xabarni na “Paxtakor” va na shahar hokimiyati tasdiqladi.

    Uch kundan so‘ng — 17-aprel kuni “Paxtakor”ga Yevropa va Braziliyadan bosh murabbiy izlanayotgani haqida xabar chiqdi. Bunda jamoa chindan ham o‘zgarayotganiga ishora qilindi.

    15-aprel kuni “Paxtakor” G‘uzordan ham yirik mag‘lubiyat bilan qaytgandi — 0:3. Uchrashuvdan keyin Haydarovning o‘zi klub futbolchilarida befarqlik boshlanganini tan oldi va o‘zgarishlar borasidagi savollarni inkor etmadi.

    21-aprel kuni “Paxtakor” Toshkent derbisida ham imkoniyatni boy berdi. “Lokomotiv”ga qarshi o‘yin 1:2 hisobida yakuniga yetdi.

    Bobur Shodiyev va Umid Ahmadjonov

    26-aprel kuni “Paxtakor” klubdagi o‘zgarishlarni rasman tan oldi: Bobur Shodiyev klubga vitse-prezident bo‘lgani, Umid Ahmadjonov esa bosh direktor lavozimiga tayinlangani ma’lum qilindi.

    Ayni vaqtda, “Alisher Usmonov ‘Paxtakor’ni sotib olibdi”, degan gap-so‘zlar tasdiqlanmadi. Boisi, klubning rasmiy axborotida Bobur Shodiyevni vitse-prezident etib Toshkent shahar hokimi, ya’ni, “Paxtakor” klubi prezidenti tayinlagani bildirilgan. 10-aprel kungi raddiyada “Paxtakor” FK mas’uliyati cheklangan jamiyat hisoblanib, u 100 foiz Toshkent shahar hokimligi tasarrufida ekani aytilgan edi.

    Xulosa

    Klub rahbariyatidagi so‘nggi o‘zgarishlarga qadar (Samvel Babayan “Paxtakor”da bosh menejer bo‘lgan davrlardan beri) Rustam Ko‘paysinov bosh direktorlik qilib kelayotgan edi, uning o‘rnini endi Umid Ahmadjonov egalladi. Shu vaqtgacha O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi vitse-prezidenti sifatida faoliyat ko‘rsatgan Bobur Shodiyevning “Paxtakor”ga tashrifi esa Babayanning klubga ta’sirini butunlay yo‘qqa chiqarishi mumkinligini inkor etib bo‘lmaydi.

    26.04.2017, 16:45   Izoh (0)   33515
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rasman: “Futbol TV” bugun 22:00 da ishga tushadi va “El-klasiko”ni jonli efirda namoyish etadi

    23.04.2017, 21:22

    Patriot Boxing Team — Uzbek Tigers 3:2. Mirzobek Hasanov Uzbek Tigers’ni yirik hisobdagi mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi

    21.04.2017, 22:26

    Patriot Boxing Team — Uzbek Tigers 3:1. Madiyor Saidrahimov ham mag‘lubiyatga uchradi

    21.04.2017, 21:59

    Patriot Boxing Team — Uzbek Tigers 2:1. Odil Aslanov Uzbek Tigers hisobiga ikkinchi mag‘lubiyatni olib keldi

    21.04.2017, 21:38

    Uzbek Tigers — Patriot Boxing Team 1:1. So‘nggi raundda nokdaunga uchragan Ulug‘bek Do‘stmurodov mag‘lub bo‘ldi

    21.04.2017, 21:18

    Patriot Boxing Team — Uzbek Tigers 0:1. Abrorjon Qodirov raqibi ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi

    21.04.2017, 21:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Messining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berildi

    Sport | 4 avgust, 12:50

    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi

    Reklama | 4 avgust, 12:00

    “Toshkentga qaytishdan xursandman”. Jennifer Lopes kutilayotgan konserti, farzandlari va ushalmagan orzulari haqida

    Musiqa | 4 avgust, 12:40

    Fransiya falastinlik talaba sababli g‘azoliklarni evakuatsiya qilishni to‘xtatdi

    Dunyo | 4 avgust, 12:35

    “Onam vafot etganini Ozod Shukurulloyevdan eshitganman”. Indira Miftahova ortiqcha vazn bilan kurash va farzandsizligi haqida

    Madaniyat | 4 avgust, 12:25

    AQSHning ikkita atom suvosti kemasi “Rossiya yaqiniga” yetib keldi

    Dunyo | 4 avgust, 12:10

    Hindiston AQSH bosimi sabab Rossiya neftidan voz kechsa katta yo‘qotishga uchraydi — The Economic Times

    Dunyo | 4 avgust, 11:56

    Mayk Tayson tarixdagi eng buyuk bokschilar haqida gapirdi

    Sport | 4 avgust, 11:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.