“Paxtakor” futbol klubi rahbariyatida o‘zgarishlar bo‘layotgani allaqachon ma’lum qilingan bo‘lsa-da, jamoa matbuot xizmati bu haqda bugun — 26-aprel kuni rasmiy ma’lumot berdi.

paxtakor

Aytilishicha, Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov “Paxtakor”da bir qator o‘zgarishlarni amalga oshirgan. Sir emaski, Usmonov bir vaqtning o‘zida jamoa prezidenti hisoblanadi.

Uning qaroriga ko‘ra, “Paxtakor”ga vitse-prezident etib Bobur Shodiyev tayinlangan. U bunga qadar O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi vitse-prezidenti sifatida faoliyat olib borayotgandi.

O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov esa endilikda “Paxtakor” bosh direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatadi.