AQShning “Inter Mayami” klubi matbuot xizmati hujumchi Lionel Messining sog‘lig‘i bo‘yicha ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, argentinalik futbolchining qachon safga qaytishi ma’lum emas.

Tibbiy tekshiruvlarda Messining o‘ng oyog‘idagi mushaklar biroz jarohat olgani aniqlandi. Uning maydonga qachon qaytishi — davolanish jarayoni qanday kechishiga qarab aniqlanadi, deyiladi klub bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, Messi 3-avgust, yakshanba kuni Liga Kubogi doirasidagi “Inter Mayami” va “Nekaksa” jamoalari o‘rtasidagi (2:2) o‘yinning 11-daqiqasida jarohat sababli maydonni tark etgandi. Keyinchalik ommamiy axborot vositalarida hujumchi 4-5 oyga safdan chiqqani haqida xabarlar tarqaldi.
Ma’lumot uchun, Leo messi joriy AQSH chempionati doirasida jami 18 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 18 ta gol va 10 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Futbolchining mayamiliklar bilan shartnomasi 2025-yil yakuniga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali argentinalik hujumchining qiymatini 18 million yevroga baholamoqda.
Izoh (0)