Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Maykl Fellonning London preventiv (oldini oluvchi) yadro zarbasi berish huquqiga ega ekanligi haqidagi gapi keskin javobga loyiqdir. Bunday fikrni Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Frans Klinsevich bildirdi, deb yozadi “TASS”.
“Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Maykl Fellonning bayonoti keskin javob berilishiga loyiq, va men oshirib yuborishdan qo‘rqmayman”, — dedi u.
Senatorning fikricha, bu bayonotga psixologik urush elementi sifatida qarash kerak. “Aks holda, ishlar pachava, chunki tabiiy savol kelib chiqadi: Buyuk Britaniya yadro qurolini kimga nisbatan preventiv tarzda qo‘llashga tayyor?” — deya ta’kidladi u.
Avvalroq Fellon Buyuk Britaniya preventiv yadro zarbasini berishi mumkinligini aytgan, bu boshqa iloji topilmay qolgan vaziyatlarda amalga oshishini ta’kidlagan, ammo aynan qanday vaziyatlar ekanligiga aniqlik kiritmagan edi.
Izoh (0)