O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligida Jahon bankining ijtimoiy taraqqiyot bo‘yicha katta mutaxassislari Robert Vrobel va Sanjay Agarval bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.
Uchrashuvda Mehnat vazirligi vakillari mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasini Xalqaro mehnat tashkiloti va Jahon banki bilan mehnat sohasida milliy va xalqaro standartlarga rioya qilish, qishloq xo‘jaligida qulay va xavfsiz ish sharoitlarini yaratish, shuningdek, munosib mehnat borasidagi Davlat dasturi doirasida majburiy va bolalar mehnatining barcha turlariga yo‘l qo‘ymaslik konstruktiv hamkorligi bo‘yicha chora-tadbirlar bilan tanishtirildi.
O‘zbekistonda Xalqaro mehnat tashkilotining ratifikatsiya qilingan konvensiyalari me’yorlari milliy qonunchilikka implementatsiya qilingan, buning uchun ularning realizatsiyasini ta’minlovchi yangi qonun va normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi va qabul qilindi.
O‘z navbatida, Roberd Vrobel mamlakatda mehnat sohasida katta o‘zgarishlar ro‘y berayotgani davlat, kasaba uyushmalari va ish beruvchilar o‘rtasida konstruktiv ijtimoiy muloqot tashkil etilgani, hamda Jahon banki O‘zbekiston bilan yanada samarali hamkorlik tarafdori bo‘lib qolishini ta’kidlab o‘tdi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)