Fransiya ichki ishlar vazirligi mamlakatda bo‘lib o‘tgan prezident saylovi birinchi turining uzil-kesil yakunlarini e’lon qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, “Olg‘a!” harakati asoschisi Emmanyuel Makron 24,01 foiz ovoz to‘plab, birinchi o‘rinni egalladi, unga eng yaqin masofaga kelgan raqibi esa 21,3 foiz ovoz to‘plagan “Milliy front” partiyasi yetakchisi Marin Le Pen bo‘ldi.
“Respublikachilar”partiyasidan nomzod Fransua Fiyonga 20,01 foiz ovoz berildi. Qolgan nomzodlar 20 foizdan kam ovoz oldi.
Izoh (0)