BAA poytaxti Abu-Dabi dunyoning eng xavfsiz shahri deb tan olindi. 378 shahar nomi kiritilgan ro‘yxat “Numbeo.com” portali tomonidan tuzildi, deb xabar beradi The National.
Undan tashqari, xavfsiz shaharlar kategoriyasiga Myunxen (Germaniya), Taybey (Tayvan), Bazel (Shveytsariya), Doxa (Qatar), Singapur, Syurix (Shveytsariya) kirdi.
Portal vakilining bildirishicha, jinoyatchilik darajasi 20 balldan past bo‘lgan shaharlargina xavfsiz hisoblanadi. Abu-Dabida bu indeks 14,4 ballni tashkil etdi.
Shahar politsiyasi ma’lumotlariga qaraganda, 2011-yilda bu erda 100 ming aholiga 119,8 jinoyat to‘g‘ri kelgan. 2013-yili bu ko‘rsatkich 110,2 ga , 2015-yili 83,8 ga tushgan.
Izoh (0)