Yevroittifoq Turkiyaning tuzilmaga a’zo bo‘lib kirishi bo‘yicha muzokaralarga chek qo‘yishi lozim. Bu haqda Germaniyaning Bavariya federal yeri ichki ishlar vaziri Yoaxim Xerman Bild am Sonntag gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Turkiyaning Yevroittifoqqa a’zoligiga doim mutlaqo qarshi bo‘lib kelganman. Yevroittifoq uchun Turkiyaning tuzilmaga kirishi haqidagi muzokaralarga chek qo‘yish vaqti keldi. Tanaffus olish yoki vaqtincha to‘xtatish emas! Yaltoqlanishni bas qilish zarur: Yevroittifoqning Erdo‘g‘on boshchiligidagi Turkiya bilan umumiy istiqbollari yo‘q”, — ta’kidladi Yoaxim Xerman.
Ma’lumot uchun, Germaniyaning Die Welt nashri Yevroittifoq Turkiyaning tuzilmaga a’zo bo‘lib kirishi haqidagi muzokaralarni vaqtincha to‘xtatish masalasini muhokama qilishni rejalashtirayotganini bildirgandi.
Izoh (0)