AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat moliya vazirligiga tashrifi chog‘ida mamlakatda soliq islohotlari boshlanishi haqida 26-aprel kuni e’lon qilishini bildirdi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
“26-aprel kuni soliq islohotiga tegishli muhim e’lon bo‘ladi. Jarayon ancha avval boshlangan, biroq islohotga chorshanba kuni start beriladi”, — deya ta’kidladi AQSh prezidenti.
Shuningdek, Tramp moliyaviy nazorat va soliqlarni qayta ko‘rib chiqish haqidagi farmonni imzoladi.
AQSh prezidenti oldinroq Fox News telekanaliga bergan intervyusida kompaniyalarning daromad solig‘i keskin kamaytirilishi haqida aytib o‘tgandi.
“Biz kompaniyalar uchun soliq stavkalarni 35—38 foizdan 15—20 foizgacha pasaytiramiz. Bu Ronald Reyganning prezidentlik davridan beri soliqlarning eng katta qisqartirilishi bo‘ladi”, — deya ma’lum qildi Donald Tramp. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)