Kuba va Marokash 1980-yilda uzilgan diplomatik munosabatlarni qayta tikladi. Bu haqda Radio Havana radiostansiyasi xabar bermoqda.
Tegishli kelishuvlarni imzolash marosimi Kubaning BMTdagi doimiy vakolatxonasi (Nyu-York shahri)da bo‘lib o‘tdi. Hujjatlar ikki mamlakatning xalqaro tashkilotdagi doimiy vakillari — Anayansi Rodriges va Umar Hiloliy tomonidan imzolangan, deb yozadi “Kommersant”.
Radiostansiya ma’lumotlariga ko‘ra, ikki mamlakat hukumatlari do‘stlik munosabatlarini rivojlantirish va siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish istagini bildirgan.
Kuba va Marokash o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar Kuba tomoni G‘arbiy Sahroi Kabirni ozod qilish xalq frontini qo‘llab-quvvatlagani sabab uzilgan edi — mazkur hudud Ispaniya tomonidan Marokash nazoratiga topshirilgan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)