O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portali hukumat tarkibidagi o‘zgarishlar haqida xabar berdi.
2017-yil 12-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 204-son qaroriga muvofiq Baxrom Qurbonovich Sharipov — “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi boshqaruvining raisi lavozimiga tasdiqlandi.
2017-yil 12-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 202-son qaroriga muvofiq Alimov Navruzjon Raimdjanovich — “O‘zagroeksportbank” aksiyadorlik tijorat banki Boshqaruv Raisi lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy milliy banki boshqaruvi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
2017-yil 8-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 195-son qaroriga muvofiq Mullajanov Kaxramon Kadirovich “Asaka” aksiyadorlik tijorat banki Boshqaruv Raisi lavozimiga tayinlandi.
2017-yil 13-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2890-son qaroriga muvofiq Boltabayev Maxmudjon Rustamovich O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktori lavozimiga tayinlandi.
2017-yil 13-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2889-son qaroriga muvofiq Yusupaliyev Baxodir Kaxramonovich O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
2017-yil 13-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2888-son qaroriga muvofiq Abduxakim Xadjibayev O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
2017-yil 6-apreldgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2870-son qaroriga muvofiq Usmonov Ravshan Abrorovich O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
2017-yil 6-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5003-son farmoniga muvofiq Axmedxadjayev Azim Israilovich O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga tasdiqlandi.
2017-yil 17-martdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4988-son farmoniga muvofiq Abdullayev Abdushukur Xamidovich O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga tasdiqlandi.
2017-yil 18-martdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4992-son qaroriga muvofiq Djo‘rayev Rustam Mirzayevich O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
Izoh (0)