Apple kompaniyasi asoschilaridan biri Stiv Voznyak 58 yildan keyin odamlar cho‘lda qurilgan “aqlli shahar”larda yashashini, shuningdek, Oyga joylashib, u yerga Yerdagi barcha og‘ir sanoat ko‘chirib o‘tkazilishini taxmin qilmoqda. Bunday prognozni Voznyak Comic-Con konferensiyasi arafasida aytib o‘tdi, uning mavzusi bu yil — “Insoniyat kelajagi: 2075-yilda biz qayerda bo‘lamiz?”. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Apple hamasoschisi fikricha, cho‘llar yangi shaharlarni noldan boshlab yaratish uchun ideal joy bo‘ladi. U yerda gumbazli uylar barpo etiladi, ko‘chaga chiqish uchun esa bunday shahar fuqarolari maxsus kiyim kiyib oladi. Kelajak dunyosiga sun’iy intellekt katta ta’sir o‘tkazadi, deb hisoblaydi Stiv Voznyak.
Uning so‘zlariga ko‘ra, odamlar do‘konlardagi “aqlli” devorlar va boshqa yuzalar bilan muloqotga kirishadi. Tibbiy uskunalar o‘z-o‘ziga tashxis qo‘yish imkonini beradi, shifokordan voz kechish masalasi esa axloq-odob doirasiga kiradi.
Izoh (0)