Facebook kompaniyasi AQShda sodir etilgan va ushbu ijtimoiy tarmoq orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda translyatsiya qilingan qotillikni “mudhish jinoyat” deb atadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Biz Facebook’da xavfsiz muhitni ta’minlash ustida qattiq ishlamoqdamiz, jismoniy xavfsizlikka bevosita tahdidlar mavjud bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda huquq-tartibot organlari bilan aloqada bo‘lib turamiz”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq Amerikaning Ogayo shtati Klivlend shahri politsiyasi Facebook orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya chog‘ida bir kishini qatl etgan erkakni qidirayotgani xabar berilgan edi.
Stiv Stivens ismli gumonlanuvchi 74 yoshli Robert Gudvinni o‘ldirgan. Ular o‘zaro tanish bo‘lmagan.
Qotillik aks etgan videoni Stivens o‘zining Facebook’dagi sahifasiga joylagan, ammo taxminan uch soatdan keyin uni olib tashlagan.
Erkak ijtimoiy tarmoq orqali “boshqa ko‘plab qotilliklarni ham amalga oshirgani”ni ma’lum qilgan, ammo huquq-tartibot organlari bu da’volarni tasdiqlay olmaydi.
Izoh (0)