Ues Cherri Windows uchun afsona sanaladigan “Durracha” (“Kosinka”) o‘yinini 1988-yilda, Microsoft kompaniyasida stajyori bo‘lib yurgan payti o‘ylab topganini ma’lum qildi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Windows uchun “Durracha” o‘yinini zerikish tufayli o‘ylab topganman. O‘sha paytda o‘yinlar kam edi, shu sabab buni amalga oshirishimiz zarur bo‘lgan.Kompyuterlar xonadonlarda ommaviy tarqala boshlagach, Microsoft rasman “Durracha” odamlarni sichqonchadan foydalanishga o‘rgatishi lozim bo‘lganini ma’lum qildi.Ues Cherri
Cherri amalga oshirgan ishi uchun hech vaqo olmaganini bildirdi.
Har bir nusxa uchun hech yo‘q bir sentdan olganimda ham juda boy inson bo‘lardim. Biroq “Durracha” 14 kishining boyishiga sabab bo‘ldi, xolos.Biroq Cherri kimni nazarda tutayotganiga aniqlik kiritmadi.Ues Cherri
Hozirda o‘yin muallifi IT-kompaniyalarda ishlamaydi, sidr ichimligi tayyorlash bilan mashg‘ul.
Izoh (0)