Andijon davlat tibbiyot institutining ikkinchi kursida o‘qiydigan 21 yoshli Jasurbek Qo‘chqorov rahbarligida Andijon shahrida Fetus Medicine davolash va diagnostika markazi ish boshladi, deya xabar bermoqda Andijon viloyati hokimligi axborot xizmati.
Xabar berishlaricha, markazda xotin-qizlarga ginekologiya, dermatologiya, fizioterapiya, UZI, EKG, qon va siydik tahlillari bo‘yicha xizmat turlari taklif etiladi.
“26 nafar malakali shifokor va hamshiralar faoliyat ko‘rsatayotgan ushbu maskanda bemorlar statsionar va ambulator sharoitida davolanishlari mumkin”, — deyiladi viloyat hokimligi axborotida.
Qayd etishlaricha, 1,125 milliard so‘m mablag‘ evaziga bunyod bo‘lgan muassasada “kam ta’minlangan, nogiron, boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizlar va nogiron farzandni tarbiyalayotgan onalarga bepul xizmat ko‘rsatiladi”.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)