TurStat tahliliy agentligi rossiyalik sayyohlar uchun MDH mamlakatlarida ommabop gastronomik turizm yo‘nalishlarini aniqladi, deb yozadi “Anons.uz”.
Gastronomik turizm yo‘nalishida rossiyaliklar uchun ommabop MDH va yaqin chet el mamlakatlari beshligiga Gruziya, Ozarbayjon, Armaniston, Qozog‘iston va O‘zbekiston kirdi.
Reyting gastronomik turlarga bo‘lgan talabni tahlil qilish ma’lumotlariga asoslanib tuzildi.
TurStat ma’lumotlariga ko‘ra, rossiyaliklar uchun eng ommabop gastronomik turlar bu bir haftalik sayohatlardir.
Misol uchun, Rossiyadan Ozarbayjon yoki Gruziyaga yetti kunlik gastronomik tur aviachiptalar bilan birgalikda o‘rtacha 800 dollar, Qozog‘iston va Armanistonga 900 dollar, O‘zbekistonga 1000 dollarga tushadi.
Gastronomik turizm bu mamlakat bilan uning gastronomiyasi, mahalliy oshxonasi va pazandalik mahorat darslari orqali tanishish uchun sayohat va gastronomik turlardir.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)